Auditning xalqaro standartlarining o‘zbek tilidagi tarjimalari IFAC tomonidan tasdiqlandi
O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan Xalqaro audit va ishonch standartlari kengashi (IAASB) qo‘llanmalari Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tomonidan tasdiqlandi va IFAC/IAASB rasmiy saytida e’lon qilindi.
IFAC ruxsati bilan «Sifat boshqaruvi, audit, ko‘rib chiqish, boshqa ishonch va aloqador xizmatlar bo‘yicha xalqaro hujjatlar qo‘llanmasi»ning 2022-yil hamda 2023–2024-yillar nashrlari to‘liq tarjima qilindi. Tarjima IFACning tarjima siyosati («Policy for Translating Publications of the International Federation of Accountants») talablariga muvofiq amalga oshirildi va IFAC tomonidan ko‘rib chiqildi.
Qo‘llanmalar quyidagi hujjatlarning o‘zbek tilidagi rasmiy matnini o‘z ichiga oladi:
- Sifat boshqaruvining xalqaro standartlari (1-son va 2-son SBXS);
- Auditning xalqaro standartlari (200-son – 810-son AXS);
- Ko‘rib chiqish topshiriqlarining xalqaro standartlari (2400-son, 2410-son KTXS);
- Ishonch topshiriqlarining xalqaro standartlari (3000-son, 3400-son, 3402-son, 3410-son ITXS);
- Aloqador xizmatlarning xalqaro standartlari (4400-son, 4410-son AXXS);
- Xalqaro audit amaliyoti izohlari (1000-son XAAI).
Auditorlik tashkilotlari va auditorlar tomonidan Auditning xalqaro standartlarini amaliyotda qo‘llashda ushbu rasmiy tarjimalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Barcha jildlarni PDF formatida yuklab olish: Auditning xalqaro standartlari (AXS) — rasmiy tarjimalar.
IFAC saytidagi e’lonlar: 2023–2024-yillar nashri · 2022-yil nashri.