Islom moliyasi bo‘yicha sertifikatlash
Malaka imtihonlarini o‘tkazish, sertifikatlarni berish, amal qilish muddatini uzaytirish va tugatish tartibi
Kasbiy sertifikat kurslarining o‘quv dasturlari
Palata Metodologiya qo‘mitasi tomonidan 2026-yil 10-avgustda tasdiqlangan. Har bir kurs hajmi — 48 auditoriya soati + 48 soat mustaqil ta’lim; ta’lim tili — o‘zbek tili.
Akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari
Sertifikatlashga tayyorlash va sertifikat egalarining malaka oshirish kurslarini o‘tkazish huquqi Palata akkreditatsiyasidan o‘tgan quyidagi o‘quv markazlariga berilgan.
O‘zbekiston Respublikasida islomiy bank faoliyati va islomiy moliya operatsiyalarining joriy etilishi munosabati bilan Palata islom moliyasi sohasida buxgalteriya hisobi, audit va bank ishi bo‘yicha malaka sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘ydi. Sertifikatlash ixtiyoriylik, oshkoralik, xolislik hamda baholashning yagona mezonlari asosida amalga oshiriladi.
Sertifikatlash tizimi jami oltita malaka sertifikatini nazarda tutadi. Amaldagi Nizom bilan quyidagi to‘rtta yo‘nalish tartibga solingan; komplayens bo‘yicha mutaxassis va Takaful bo‘yicha mutaxassis sertifikatlari keyingi bosqichda joriy etiladi.
Huquqiy asos
- «Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-son Qonuni
- «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi 2016-yil 13-apreldagi O‘RQ-404-son Qonuni
- Islomiy bank faoliyati to‘g‘risidagi O‘RQ-1126-son Qonun
- Prezidentning PQ-5210-son qarori
- Palata Metodologiya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizom — 2026-yil 28-avgustdan kuchga kirgan
Malaka sertifikatlari
«Islom moliyasi bo‘yicha buxgalter»
- Asos
- Mustaqil yo‘nalish — asos sertifikat talab etilmaydi
- Talablar
- Oliy iqtisodiy ma’lumot yoki buxgalteriya hisobi sohasida kamida 1 yillik ish staji yoki buxgalteriya hisobi bo‘yicha o‘quv kursi sertifikati (kamida bittasi yetarli)
- Dastur
- AAOIFI moliyaviy hisob standartlari (FAS), shariat tamoyillari va AAOIFI shariat standartlari
- Muddat
- Muddatsiz — har yili malaka oshirish sharti bilan
«Islom moliyasi bo‘yicha auditor»
- Asos
- Amaldagi auditor malaka sertifikati va «Islom moliyasi bo‘yicha buxgalter» sertifikati asosida
- Talablar
- Amaldagi auditor malaka sertifikati; «Islom moliyasi bo‘yicha buxgalter» sertifikati (3.5-bandda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)
- Dastur
- AAOIFI audit standartlari, shariat auditi va shariatga muvofiqlik tekshiruvi
- Muddat
- Dastlab 5 yil → 10 yil → muddatsiz
«Islom moliyasi bo‘yicha ichki auditor»
- Asos
- Amaldagi ichki auditor malaka sertifikati va «Islom moliyasi bo‘yicha buxgalter» sertifikati asosida
- Talablar
- Amaldagi ichki auditor malaka sertifikati; «Islom moliyasi bo‘yicha buxgalter» sertifikati (3.5-bandda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno)
- Dastur
- AAOIFI audit standartlari, shariat auditi va ichki nazorat
- Muddat
- Dastlab 5 yil → 10 yil → muddatsiz
«Islom moliyasi va banki bo‘yicha mutaxassis»
- Asos
- Mustaqil yo‘nalish — asos sertifikat talab etilmaydi
- Talablar
- Oliy iqtisodiy ma’lumot yoki iqtisodiyot sohasida kamida 1 yillik ish staji (kamida bittasi yetarli)
- Dastur
- AAOIFI shariat standartlari: islomiy bank mahsulotlari va operatsiyalari, islomiy oyna, depozit va investitsiya hisoblari
- Muddat
- Muddatsiz — har yili malaka oshirish sharti bilan
Sertifikatlashda ishtirok etish
Ariza va hujjatlar shaxsiy kabinet orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Elektron hujjatlarning umumiy hajmi 30 MB dan oshmasligi kerak.
Malaka imtihoni
- Imtihonlar faqat an’anaviy (oflayn) tartibda, test markazlarida kompyuterda o‘tkaziladi. Onlayn yoki veb-konferensiya rejimi qo‘llanilmaydi.
- Natija kompyuter tomonidan avtomatik aniqlanadi va imtihon tugashi bilan darhol ko‘rsatiladi — baholashda inson omili ishtirok etmaydi.
- Ish o‘rnida faqat shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lishiga ruxsat etiladi; hisob-kitoblar uchun kompyuterda elektron jadval (Excel) ochib beriladi.
- Belgilangan sanada imtihonga kela olmagan nomzod avtomatik ravishda navbatdagi sessiyaga qo‘yiladi — bu imtihonni topshirmaganlik hisoblanmaydi.
Ballarning standartlar bloklari bo‘yicha taqsimoti
Amaliy masalalar (keyslar) barcha yo‘nalishlar uchun 20 ball.
| Yo‘nalish | Shariat | FAS | Boshqaruv | Audit | Etika | Keyslar | Jami |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| «Islom moliyasi bo‘yicha buxgalter» | 10 | 60 | 5 | — | 5 | 20 | 100 |
| «Islom moliyasi bo‘yicha auditor» | 10 | 30 | 10 | 20 | 10 | 20 | 100 |
| «Islom moliyasi bo‘yicha ichki auditor» | 10 | 30 | 10 | 20 | 10 | 20 | 100 |
| «Islom moliyasi va banki bo‘yicha mutaxassis» | 60 | 5 | 5 | — | 10 | 20 | 100 |
Imtihonsiz sertifikat berish
Quyidagi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan va har yili malaka oshirishni tasdiqlagan nomzodlarga sertifikat malaka imtihonini topshirmasdan beriladi:
Imtihonga ro‘yxatdan o‘tish uchun hujjatlar
- Malaka imtihonini topshirishga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza (Nizom ilovasidagi shakl bo‘yicha)
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki unga tenglashtirilgan hujjat) nusxasi
- Malaka talablariga muvofiqlikni tasdiqlovchi hujjat: diplom, ish staji to‘g‘risidagi ma’lumot yoki o‘quv kursi sertifikati
- Asos sertifikat nusxasi — auditor yoki ichki auditor malaka sertifikati (tegishli yo‘nalishlar uchun)
- Mavjud bo‘lsa — xalqaro islom moliyasi sertifikati nusxasi
- JPG formatidagi elektron fotosurat
- Arizani ko‘rib chiqish uchun 3 × BHM to‘lovi amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi
Sertifikatlar, malaka oshirish va apellyatsiya
O‘quv markazlarini akkreditatsiya qilish
Sertifikatlashga tayyorlash va malaka oshirish kurslari faqat Palata tomonidan akkreditatsiya qilingan o‘quv markazlarida o‘tkaziladi.
- O‘quv markazining ta’lim faoliyati bo‘yicha tegishli litsenziyasi yoki ruxsatnomasi mavjudligi
- O‘quv dasturi va o‘quv rejasi Palataning namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqilgan va o‘quv markazi tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi
- O‘qituvchilarning xalqaro (AAOIFI) yoki Palataning tegishli malaka sertifikatiga ega bo‘lishi
Ariza Palataning rasmiy veb-sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi; arizaga uchta tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Palata arizani 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqadi. Akkreditatsiya qilingan o‘quv markazlari ro‘yxati veb-saytda e’lon qilinadi.