O‘zbekiston Auditorlar Palatasi va Malayziyaning “AppAsia” kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
2024-yil 13-23- sentabr kunlari O‘zbekistonda Malayziyaning “AppAsia” kompaniyasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish maqsadida amaliy tashrif tashkil etildi. Ushbu tashrif O‘zbekiston Auditorlar Palatasining xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, audit faoliyatini avtomatlashtirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirishga qaratilgan faoliyatini kengaytirish maqsadida amalga oshirildi.

Tashrif doirasida “AppAsia” kompaniyasi vakillari Toshkent shahrida “Aloqabank”, “O‘zSQB”, “Asakabank” banklari va Deloitte, Grant Thornton auditorlik tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar. Ushbu uchrashuvlar davomida auditorlik faoliyatini rivojlantirish, raqamli transformatsiya jarayonlari va xalqaro audit standartlariga rioya qilish masalalari keng muhokama qilindi.
Uchrashuvlarda auditorlik sohasida o‘zaro tajriba almashish, malaka oshirish dasturlarini ishlab chiqish va zamonaviy audit vositalarini qo‘llash bo‘yicha takliflar berildi. “AppAsia” kompaniyasi vakillari o‘z tajribalari bilan bo‘lishib, O‘zbekistonning audit tizimini yanada rivojlantirishda qanday yordam berishi mumkinligini muhokama qildilar.



“AppAsia” kompaniyasi vakillariga O‘zbekiston madaniyatining timsoli sifatida milliy ruhdagi esdalik sovg‘alari taqdim etildi va ularning tashriflari davomida O‘zbekistonni eslab qolishlariga yordam berdi. Esdalik sovg‘alari orqali mehmonlar O‘zbekistonning madaniy boyliklari va an’analari bilan ham tanishdilar.
“AppAsia” kompaniyasi O‘zbekiston auditorlik sohasida innovatsion yechimlar va raqamli transformatsiya jarayonlarini amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanligini bildirdi. Ushbu hamkorlik O‘zbekiston auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash va mamlakatimizning raqamli transformatsiya jarayonlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

O‘zbekiston Auditorlar Palatasi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida o‘z faoliyatini davom ettiradi va auditorlik sohasida yangi istiqbollarni ochishda davom etadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
O‘zbekiston Auditorlar Palatasi
Telefon raqami 95 169 55 89
Elektron pochta manzili info@uzaudit.uz
Veb sayti https://www.uzaudit.uz