info@uzaudit.uz Ish vaqti: Dush–Juma 9:00–18:00
Auditorlar palatasiO‘zbekiston Respublikasi
Bosh sahifa / Ichki auditorlar uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 27-avgust kuni o‘tkaziladi

Ichki auditorlar uchun navbatdagi test sinovlari 2026-yil 27-avgust kuni o‘tkaziladi

25.08.2026

Ichki audit xodimlari uchun kompyuterda malaka test sinovlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 209-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlari va tashkilotlari ichki audit xizmatlari xodimlarining malakasini sertifikatlash va ularni uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning ijrosini ta’minlash maqsadida, navbatdagi test sinovlarini 2026-yil 27-avgust kuni Xorazm, Jizzax va Toshkent viloyatlaridan tashqari barcha hududlarda soat 15:00 da o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, nomzodlardan 2026-yil 27-avgust kuni test sinovlari boshlanishidan kamida bir soat oldin, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan ilovada ko‘rsatilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binolarga yetib kelishlarini so‘raymiz.

Ilova: Test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar