info@uzaudit.uz Ish vaqti: Dush–Juma 9:00–18:00
Auditorlar palatasiO‘zbekiston Respublikasi
Bosh sahifa / Diqqat, tanlov! «Eng yaxshi auditor», «Eng yaxshi ichki auditor» va «Eng yaxshi buxgalter — 2026» tanlovlari e’lon qilindi

Diqqat, tanlov! «Eng yaxshi auditor», «Eng yaxshi ichki auditor» va «Eng yaxshi buxgalter — 2026» tanlovlari e’lon qilindi

28.09.2026

O‘zbekiston Auditorlar Palatasi 2026-yil uchun respublika miqyosidagi professional tanlovlar o‘tkazilishini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari

  • «Eng yaxshi auditor — 2026»
  • «Xo‘jalik yurituvchi tashkilotdagi eng yaxshi ichki auditor — 2026»
  • «Budjet tashkilotidagi eng yaxshi ichki auditor — 2026»
  • «Eng yaxshi buxgalter — 2026»

Tanlovlarning asosiy maqsadi — audit, ichki audit va buxgalteriya hisobi sohasidagi malakali mutaxassislarni aniqlash, ularning professional bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda kasb nufuzini yanada oshirish.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkaziladi

I bosqich — saralash bosqichi
📅 2026-yil 7-oktabrdan 4-dekabrgacha
Saralash bosqichi onlayn dastur orqali test sinovlari shaklida o‘tkaziladi. Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar II bosqichga taklif etiladi.

II bosqich — yakuniy bosqich
📅 2026-yil 6-dekabr
📍 Toshkent shahri
Yakuniy bosqich offlayn tarzda kompyuter test sinovlari shaklida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

G‘oliblar professional bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, ushbu bilim va ko‘nikmalarni kasbiy faoliyatda samarali qo‘llay olish darajasiga ko‘ra aniqlanadi.

🏆 Tanlov g‘oliblari 2026-yil 9-dekabr — «O‘zbekiston buxgalterlari va auditorlari kuni»da e’lon qilinadi hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun

📅 Arizalar 2026-yil 28-sentabrdan 3-dekabrgacha qabul qilinadi.

  1. O‘zbekiston Auditorlar Palatasi qoshidagi NTM «AUDIT FORVARD» hisob raqamiga 1 bazaviy hisoblash miqdori (1 BHM) miqdorida to‘lov amalga oshiriladi:
    H/r: 2020 8000 8040 8893 2001
    ATB «Ipak Yo‘li» Mirzo Ulug‘bek filiali
    MFO: 00421
    STIR: 203441994
  2. cabinet.uzaudit.uz shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘ting (yoki kiring) va «Professional tanlovlar — 2026» bo‘limida qatnashmoqchi bo‘lgan bitta yo‘nalishni tanlang.
  3. Ariza shaklini to‘ldirib, hujjatlarni yuklang: pasport yoki ID-karta nusxasi va to‘lov kvitansiyasi; «Eng yaxshi auditor» yo‘nalishi uchun — qo‘shimcha ravishda auditor malaka sertifikati nusxasi.

Ariza holati, test havolasi va tanlovga oid barcha xabarlar shaxsiy kabinetdagi «Tanlov xabarlari» bo‘limida hamda e-mail orqali yuboriladi.

👉 TANLOVDA ISHTIROK ETISH UCHUN ARIZA TOPSHIRISH

Barcha auditorlar, ichki auditorlar, budjet tashkilotlaridagi ichki auditorlar va buxgalterlarni o‘z bilim va kasbiy mahoratlarini sinab ko‘rish uchun tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
☎️ +998 95 169 55 89
Telegram: t.me/NOU_AUDITFORWARD
✉️ info@uzaudit.uz