A’zolar manfaatlarini himoya qilish
O‘zbekiston Auditorlar palatasi o‘z a’zolarining qonuniy huquq va professional manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri deb biladi.
Asosiy yo‘nalishlar
- davlat organlari va boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan ochiq muloqot olib borish;
- qonunchilik va me’yoriy hujjatlar loyihalari bo‘yicha takliflar bildirish;
- kasbiy faoliyatga oid tizimli muammolarni aniqlash va ko‘tarib chiqish;
- a’zolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va tegishli yo‘l-yo‘riq berish;
- halol raqobat, mustaqillik va kasbiy etika tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash.
Manfaatlarni himoya qilish ishlari qonunchilik, Palata ustavi va professional odob tamoyillari doirasida amalga oshiriladi.