Tadqiqot va tahlil
Palata auditorlik va buxgalteriya hisobi sohasidagi rivojlanish tendensiyalarini o‘rganish, muammolarni aniqlash va asoslangan takliflar ishlab chiqishga ko‘maklashadi.
Faoliyat yo‘nalishlari
- soha holati va bozor tendensiyalarini tahlil qilish;
- professional hamjamiyat vakillari o‘rtasida so‘rov va muhokamalar o‘tkazish;
- qonunchilik va standartlarning amaliy ta’sirini o‘rganish;
- tahliliy sharh, tavsiya va takliflar tayyorlash;
- ilmiy-amaliy loyihalar hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish.
Tadqiqot natijalari kasbni rivojlantirish, xizmatlar sifatini oshirish va manfaatdor tomonlar bilan muloqotni kuchaytirishga xizmat qiladi.