Konsalting xizmatlari
Palata a’zolar va soha mutaxassislariga buxgalteriya hisobi, audit va professional faoliyatni tashkil etish bo‘yicha maslahat ko‘magini taqdim etadi.
Maslahat yo‘nalishlari
- xalqaro audit va moliyaviy hisobot standartlarini qo‘llash;
- auditorlik tekshiruvini rejalashtirish va hujjatlashtirish;
- sifat boshqaruvi tizimini joriy etish va takomillashtirish;
- kasbiy etika va mustaqillik talablariga rioya qilish;
- ichki siyosat, uslubiy qo‘llanma va ishchi hujjatlarni ishlab chiqish;
- raqamli vositalardan samarali foydalanish.
Maslahatlar amaliy vaziyat, tashkilot ehtiyoji va amaldagi me’yoriy talablardan kelib chiqib shakllantiriladi.