Kelajak auditori: ta’lim, xalqaro malaka va ish sifati
O‘ZBEKISTON AUDITORLAR PALATASI
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
· 09:30–13:00 · Toshkent
Tadbir haqida
O‘zbekiston Auditorlar palatasi auditorlarni tayyorlash, xalqaro malaka va auditorlik ishi sifatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbirda Turkiyadan keladigan hamkorlar ishtiroki ham rejalashtirilgan.
Rejalashtirilgan joy: Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Madaniyat saroyi.
Dastur loyihasi
- Konferensiyaning ochilishi va qutlov so‘zlari
- Auditorlik ta’limi, xalqaro malaka va ish sifati bo‘yicha ma’ruzalar
- O‘zbekiston Auditorlar palatasining auditorlik tashkilotlari reytingi va tashqi sifat nazorati bo‘yicha yangi dasturiy ta’minotlari taqdimoti
Ma’ruzachilar ro‘yxati, ma’ruza mavzulari va chiqish vaqtlari dastur tasdiqlangach e’lon qilinadi.
Bog‘lanish
O‘zbekiston Auditorlar palatasi
+998 95 169 55 89 · info@uzaudit.uz